sumalak

Assalomu alaykum va rahmat Allahu va barakotuh! ustoz hammaga malumki sumalak aynan bahor faslida pishiriladi. biz ho‘jayinim bilan ko‘p o‘yladik va javob topa olmadik balkim adashayotgandurmiz yordamingiz kerak. navruz bayramini oldin olovga sig‘inganlardan qolgan bayram deyishdi. islom dinida bu bayram yoq. sumalakni ham pishirishyatganda " qozondagi sumalakni ko‘vlagin, yaxshi niyatlaringni etgin albatta amalga oshadi" deyishadi, bu ham bitta shirk turi. sumalakka tosh solishadi yong‘oq solishadi, keyin eganida shu tosh chiqqan bo‘lsa " yoningda olib yur yaxshilik keltiradi, balo qazodan asraydi" deyishadi bu ham shirk. endi bilinib turibtiki bu taom fitnaga juda boy ekan. bu taom o‘zi halol, harom narsa qo‘shilmaydi. lekin uni esa shirk qilgan bo‘lib qolmaymizmi? yoki ammalar niyatlarga bo‘g‘liq bo‘lganday, shirk narsalarni o‘ylamasdan esa bo‘laveradimi? yana savollarim borku lekin siz savolingizni 1tadan bering deganingiz uchun 1tadan beraman. Alloh rozi bo‘lsin sizdan. Amin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunda o‘sha noma’qul narsalarni odamlarga tushuntirib borish kerak bo‘ladi. Hozir ancha yaxshi bo‘lib qoldi. Sizga o‘xshaganlar ko‘payib bormoqda. Mazkur narsalarni e’tiqod qilmay esa bo‘laveradi.

27 May 2022, 04:16 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar