Musofirning qazo namozi

Assalomu alaykum! Men Malayziya davlatida o‘qiyman va 22 yoshimdan beri farz, sunnat va vitr namozlarimni vaqtida ado etishga xarakat qilayapman. Lekin, Malayziyaga kelishimdan oldin ko‘p namozlarimni qoldirganman va shu qazo namozlarimni o‘qishga niyat qildim. Izlash xizmatidan foydalanib javoblarni birida musofirlikda 4 rakatlik peshin va asr namozlarning qazosi 2 rakat qilib o‘qilishi xaqida o‘qidim. Savolim quyidagicha: 2 rakat qilib faqatgina musofilik paytida qoldirilgan peshin va asr namozi o‘qiladimi yoki musofir bo‘lmagan paytimdagi peshin va asr namozlarimni xam 2 rakat qilib o‘qiymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 2 rak’atli qilib faqat musofirlikda qoldirganlarni o‘qiladi. Muqim holda qoldirilgan namozlar qazosini musofir holatda o‘qisa to‘liq o‘qiydi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 09:17 | Savol-javoblar | 261 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar