Qiyomat arafasida hadisining sharhi
Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat arafasida faqat xoslar (tanishlar)ga salom beriladi, tijorat avj oladi, hatto ayol eriga savdo ishlarida sherik bo‘ladi, rahm (qarindosh-urug‘chilik aloqalari) kesiladi, qalam fosh bo‘ladi (kitobot-yozish yoyiladi, ilm zohir bo‘ladi), yolg‘on guvohlik zohir bo‘ladi va haq guvohlik yashiriladi». dedilar. «Adabul mufrad»dan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Robbim huzuridan bir keluvchi kelib, ummatimni yarmi jannatga kirishi bilan shafoat orasini tanlash ixtiyorini berdi. Men esa shafoatni tanladim. O‘sha shafoat Allohga biror narsani sherik qilmay vafot topganlar uchundir. Imom Ahmad rivoyati. 1. qalam fosh bo‘ladi (kitobot-yozish yoyiladi, ilm zohir bo‘ladi) Bu erda qanday ma’nolar ko‘zda tutilgan? 2. Men esa shafoatni tanladim. Shafoatlariga erisha oladiganlar musulmolarning yarmidan ko‘pini tashkil etadimi? Nega aynan shafoatni tanlaganlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Insonlar yoppasiga o‘qish va yozishni o‘rganishadi, degani. Bular ilm hosil qilish vositalaridir. Ammo inson o‘qishni va yozishni bilishi uning ilmli ekanini anglatmaydi. Qiyomatga yaqin insonlar shunday holda bo‘ladilar - yozishni biladilar, lekin din ilmini o‘rganmaydilar. 2). Chunki shafoat bilan ummatning yarmidan ko‘prog‘ini qamrab olish mumkin. Vallohu a’lam!
7 Dekabr 2023, 13:01 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar