Mayyitning barcha qarzlari

Assalomu alaykum! Masalan ota olamdan o‘tdi. Janozada o‘g‘il otasining qarzini o‘z zimmasiga oldi deylik. Otaning kimlardandir mayda qarzlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin. O‘g‘il bunday vaziyatda qarz egalarining hammasini bilmasligi mumkin. Bunday vaziyatda nima qilgan ma’qul? Barcha qarz egalari uning otasidan rozi bo‘lishi uchun shariat nimaga buyuradi? Agar o‘g‘il ham vafot etsa, uning o‘g‘li otasining qarzlarini zimmasiga olsa, otasi dastlab vafot etgan otasining qarzlarini o‘z zimmasiga olgan taqdirda barcha qarzlarni uzolmagan bo‘lsa, nevara zimmasiga ham otaning, ham boboning qarzlari o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shuning uchun har bir inson hisob kitobini joyida qilib yurish kerak. Qarzning ishi o‘ta og‘ir.  وَلِلنَّسَائِيِّ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ أَنَّ رَجُلًا قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللهِ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ مَا دَخَلَ الْجَنَّةَ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ دَيْنُهُ  Nasaiy qilgan rivoyatda:
«Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, agar bir kishi Allohning yo‘lida qatl qilinsa, so‘ng tiriltirilsa, yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, so‘ng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bo‘lsa, qarzi ado etilmaguncha jannatga kirmas», deyilgan.
Sharh: 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qasam ichib turib aytishlari ham bu ish qanchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Alloh taoloning yo‘lida shahid bo‘lish qanchalik ulug‘ maqom. Shahid uchun jannat eshiklari doimo katta ochiq. Lekin qarz ishi og‘ir. Agar inson Allohning yo‘lida bir emas, uch marta shahid bo‘lsa ham, qarzini ado qilmagan bo‘lsa, jannatga kira olmaydi. Unday odamning jannatga kirishi olgan qarzining uzilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qarzi uzilsa, jannatga kiradi, bo‘lmasa yo‘q.
Chunki qarz bandaning haqqi, bu haqni faqat o‘z egasi kechadi, xolos. Alloh taolo kechmaydi. Qarz olib, uni uzmay yurganlar bu haqiqatni yaxshilab anglab olmoqlari lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan).  Vallohu a’lam!

6 May 2022, 09:50 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar