Shubxali pullar

Assalomo‘ alayko‘m! Men davlat korxonasida ishlayman. Ishga boshida kelganimda menga katta pul taklif qilishgan. Istixora namoz o‘qigan edim. Ish boshlaganimda boshida ishlash oson kechdi, o‘yladim Alloh o‘zi oson qildi deb. Lekin keyinchalik xam ish oson bo‘ldi, lekin bir fikrlab o‘ylab ko‘rsam men bo‘ joyga noloiq ekanman. Chunki ishlar ko‘paygani sari men berilgan vaziflarni sifatsiz qila boshladim, sababi meni bilimim, ish tajribam etarli emas edi. Orada bo‘lim boshliqlari meni ishimdan xam norozi bo‘lishdi, shuncha oylik olib natija qoniqarli emas deb. Shuni takidlab o‘tish kerakki, meni ishga olishganda xech kim bilim darajamni, shu kursiga loyiqmanmi o‘zi tekshirishmagan. Faqat men bergan rezyume(o‘zim xaqida malumotnoma) yuzasidan, xa buni biladi, buni ish davomida o‘rganib ketadi deb olishgan. Lekin men ishga kelmasdan oylib eb yurmaganman, faqat bilim darajamdan ortiq po‘l berishgan. Keyinchalik Allohni raxmati ekan men xato qilayotganimni angladim. O‘z kasbimni puxta o‘rganishim kerakligini bildim. Berilgan pullarni men uchun jo‘da katta pullar, shu pullarni o‘ylab siqilaman davlatni puli xalqni puli bo‘lsa. Men endi nima qilay? U pullar menda xammasi yo‘q. Xozir menda turgan pullar xam shubxali. Nima qilsam bo‘ladi? Shuncha bo‘lim boshligi ishni yaxshi qilmagan bo‘lsamda meni ishdan bo‘shatmagan yoki oyligimni xam kam qilmagan. Bo‘lim boshliqlarga sal farki yo‘kdek, chunki mendan tashkari boshqa kishilar xam katta pul olishgan noloiq bo‘lsa xam. Shunga bu masalani bo‘lim boshliqlari bilan gaplashib xal qilishimga ko‘zim etmayapti. Yo‘l ko‘rsating
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu sizni ishga olgan boshliqning mas’uliyati. Odatda ishga olganda sinov muddati belgilanadi. Shu muddat ichida kishining salohiyati tekshirib olinadi. Boshlig‘ingiz bilan gaplashing. Maoshingizga loyiq ish bajarishga harakat qiling. Uddalay olmasangiz bilim va harakatingizga munosib joyda ishlang. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 10:21 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar