"Iymon" kitobidan 7
Assalomu alaykum! Iymon kitobizni "Avf" bulimida Amerkalik olim shayh Muxammad Sholdan iqtibos keltiribsiz, men xam shu iqtibosdan iqtibos keltirsam, demak iqtibos: "...Chunki, yomonlikka duchor bo‘lgan kishiga qasos olish xaqqi berilsa, uning qalbi tinchlanadi...". iqtibos tugadi. (Iymon kitobi 288-bet). Savol: Dinimizda qasos olishga ruxsat berilganmi? Agar shu jumladan kelib chiqsak, kimdir meni yuzimga tarsaki tushrsa, men xam uni yuzga tarsaki tushrsam buladi, shundekmi? Agar shundek bulsa, qasos Alloxdandir, qasos minal xaq degan gaplar qaerda qoladi? Agar qalb tinchlanishi u.n qasosga ruxsat berilsa bu qandoq buldi? Albatda yomonlik qilgan odamni aybni kechirish katta savob ekan. L.n buning u.n banda kuchli mumin bulish k.k. Ammo xamma xam kuchli mumim emasku? Xazrat iltimos shu masalani kengroq tushuntirib bersangiz! Agar odobsizlik qilgan bulsam uzr sureyman! Vaqt ajratganiz u.n tashakur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘ta mantiqsiz gaplarni yozibsiz. Misol uchun, dinimizda qasos borligini inkor qila turib, gapingizning haqligini tasdiqlash uchun “qasos minal xaq degan gaplar qaerda qoladi?” debsiz. “qasos minal xaq” degani arab tilidagi ibora bo‘lib, bizning tilimizga “qasos haqdir” deb tarjima qilinadi. Bundan ko‘ra kattaroq mantiqsizlik bo‘lmasa kerak.Qur’oni Karimda kelgan biri so‘zni inkor qilgan odam kofir bo‘ladi.Alloh taolo Qur’oni Karimning “Baqara” surasida marhamat qiladi: «Va sizlarga qasosda hayot bordir. Ey aql egalari! Shoyadki, taqvo qilsangiz!» degan.Qasosda, ya’ni, qotilni qatl qilish hukmida kishilar uchun hayot borligini qandoq tushunamiz? Agar jamiyatda birovni o‘ldirgan odamdan, albatta, qasos olinadi, degan fikr hukm sursa, birov birovni o‘ldirishga qo‘l urmay qo‘yadi. Oqibatda, o‘ldirilishi ko‘zlangan kishi ham, o‘ldirmoqchi bo‘lgan kishi ham hayotda qoladilar. Shundoq qilib, ko‘plab kishilarning hayoti saqlanib qoladi. Alloh taolo yana marhamat qiladi: «Ey, iymon keltirganlar, sizga qatl etilganlarda qasos farz qilindi; hurga hur-qulga qul-ayolga ayol».Bu oyati karima ham qasos hukmi musulmonlar uchun farz qilingan hukm ekanligini bayon qilmoqda. Shu bilan birga qasos olishda haddan oshmaslik tushuntirilmoqda.Johiliyat davrida bir qabila boshqa qabiladan bir qulni hldirsa, mazlum tomon qotil tomondan bir necha qulni yoki hurni o‘ldirish ila qasos olish uchun qasam ichar ekan. Shuningdek, ayol kishi o‘rniga erkak kishini, bir kishi o‘rniga bir necha kishini o‘ldirib qasos olish ham odat bo‘lgan edi. Ushbu oyati karimada bu ish botil ekani bayon qilinib, qasos olish o‘zboshimchalik bilan emas, balki, shariat hukmi bo‘yicha amalga oshirilishi, bir kishiga bir kishidan qasos olinishi lozimligi ta’kidlanmoqda.Sunnatni inkor qilgan odamning oqibati ham yaxshi bo‘lmaydi.Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida ham qasos haqligi sobit bo‘lgan.Shariatni inkor qiligan ham....Shariatda qasos sobit narsadir. Buni sizga sho‘xshaganlardan boshqa hech kim inkor qilmagan.To‘g‘ri hozir bunga amal qilinmaydi. Ammo bor narsa. Shu bilan birga qasos har kim o‘zicha olmaydi. balki mahkama orqali hukumat oladi.Siz tezda tavba qilishingiz kerak. Alloh barchalarimizning tavbalarimizni qabul aylasin! O‘zining hidoyatidan adashtirmasin!
6 May 2022, 10:23 | Savol-javoblar | 178 | Kitoblar