Farzand uchun al-Aziz aytish

Assalomu alaykum! Farzandlarim bor, bir o‘g‘il, bir qizim. Yaqinda Erkin A’zamning muhtaram Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining xotiralari, so‘nggi kunlariga bag‘ishlab yozilgan kitobini o‘qib qoldim. Unda Shayximizning ukalari tomonidan xotirlanib aytilgan bir jumla bor: "Onam yoshligimizda bir kun akamga, bir kun menga atab Al-Azizni aytardilar". Bu Allohning go‘zal ismlaridan biri ekanligini bilsamda, tushunoadim. Savolim: bu qanday duo va qay tarzda aytiladi? Agar uni onalar o‘z farzandiga aytmog‘i joiz bo‘lsa, buning qanday hikmati bor? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Onalari Alloh taoloning shu ismini zikr qilib farzandlarining haqqiga duolar qilar edi ekan. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 10:45 | Savol-javoblar | 177 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar