Ijara bo‘yicha
Assalomu alaykum! Biz ijaraga qurilish uchun lesa beramiz. 1 kun ishlatilgani uchun ma’lum bir narx qo‘yilgan. Shuni biz bir odamga ijaraga berdik. U odam narsamizni 2 oydan keyin qaytardi. Shunda biz 2 oyning ijarasini berasiz desak u odam men bu narsani 10 kun ishlatdim holos, 10 kunni pulini beraman dedi. Shu holatda kim haq. Biz 2 oy davomida lesani boshqa odamga berishimiz hamda undan foyda ko‘rishimiz mumkin ediku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Kifoya” kitobida bunday deyilgan:Agar hovlisini kuch bilan tortib olganga: «Bo‘shatib qo‘y, bo‘lmasa, har oyga bunchaga ijaraga qo‘ydim», desa va ikkinchi taraf sukut saqlasa, aytilgan mablag‘ vojib bo‘ladi.
Bu holatda hovli egasining gapi iyjob bo‘ladi va g‘osib — kuch bilan tortib oluvchining tasarrufi kabul o‘rniga o‘tadi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:12 | Savol-javoblar | 176 | Moliya va tijorat