Ba’zan elni ushlolmayman

Assalomu alaykum! Menda goho (ramazon oyida 30 kun ro‘za payti) Shunday el Keladi uni ushlab qololmayman doimiy emas bazida. Huddi orqamda ikkita teshik borga o‘xshaydi birida doim el chiqishga shay turadi. Ikkinchisi har doimgi eski holat. Taroveh o‘qiyotganimda etiborim el chiqish chiqmasligiga qarab turadi. El kelsa ushlolmasligim 100% aniq. Shu vaziyatda namozni buzmay davom ettirsam bo‘ladimi. chunki el chiqsaham yana chiqmoqchi bo‘lib turadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz o‘zingizni yaxshi mutaxassis shifokorga ko‘rsating. Bu holatning sababini topib davolash zarur. Lekin holatingiz quyidagi linkda bayon qilingan kabi bo‘lsa, siz sohibi uzr hisoblanasiz. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/ibodat/toharat-poklik/586-so-ibi-uzr

26 May 2022, 09:57 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar