Sherikchilikdagi haq

Assalamu aleykum hurmatli Shayh hazratlari! Yaqinda sherikchilik haqida savol bergandim: Mablag‘ mendan edi, ish undan. Foydani teng ikkiga bo‘layotgandik. Bir safar meni mablag‘im bir oz etmay ozgina sherigimning ham mablag‘i aralashib qolgan edi. Shuni foydasini qanday taqsim etish kerak deb so‘ragan edim. Siz: -U qo‘shgan miqdoricha ziyoda foyda oladi. -degan edingiz. Men sherigimga shunaqa bo‘lar ekan deb aytdim. U bo‘lsa eshitishni ham hohlamay, avvalgiday, ya‘ni teng ikkiga bo‘lamiz deyapti. Haqidan voz kechyapti. Mablag‘ni ko‘proq foyda olish uchun qo‘shmaganini tushuntiryapti. Sherigimning yoshi mendan ancha kattaroq. Yana takror aytaverishga bo‘lmayapti.-Bu holatda foydani teng ikkiga taqsimlasak, uning haqi menga o‘tib qolmaydimi? Yoki nima qilishim kerak bo‘ladi?Avvaldan katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Men sizga tushuntirsh uchun aytganman. Talash masalani ikki tarafning ishtirokida, jonli majlisda hal qilinadi. Chunki, bir tarafning gapi bilan hukm chiqarib bo‘lmaydi.

6 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 147 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar