Folbinning so‘ziga ishonish
Assalomu alaykum! Barcha musulmonlarga Ramazon oyi muborak bo‘lsin. Savol: Folbinning so‘ziga ishonsa dindan chiqib xotini taloq bo‘ladimi? Hadisda kelishicha folbinning so‘ziga ishonsa qirq kecha tavbasi qabul emas, ishonsa kofir bo‘lar ekan. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolodan boshqa hech kim g‘aybni bilmaydi. Alloh taolo "Naml" surasi 65-oyatida : Sen: «Osmonlaru erda Allohdan boshqa hech kim g‘aybni bilmas», – deb ayt. Ular qachon qayta tiriltirilishlarini ham sezmaslar.
G‘aybni bilish faqat Alloh taoloning O‘ziga xosdir. Allohdan boshqa hech kim – na inson, na farishtalar, na jinlar g‘aybni bilmaydi. Bu esa Alloh taoloning mutlaq ilm egasi ekanini anglatish bilan birga, maxluqotlar uchun U buyuk Zotning lutfi hamdir. O‘ylab ko‘raylik, inson o‘z taqdirini – bir kun, bir hafta, bir oy, bir yildan keyin yoki umrining oxirigacha nimalar bo‘lishini aniq bilsa, uning uchun o‘sha kun, hafta, oy, yil va umrning qizig‘i qoladimi? Albatta, yo‘q. Bu mulohaza faqat birgina g‘ayb haqida. Yana qanchadan-qancha g‘ayb ishlari bor, ularni ham mulohaza qilsak, shunga o‘xshash hikmatlar kelib chiqaveradi.
«Ular qachon qayta tiriltirilishlarini ham sezmaslar».
Insonning qachon qayta tirilishi ham g‘ayb ilmidir. Uni ham osmonlaru erda Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi. Insonlarning o‘zlari qachon qayta tirilishlarini hatto sezmaydilar. Bu masala ham mayli, undan kattarog‘ini ham sezmaydilar. Yoki bilarmikinlar?
Ibn Obidin rohimahulloh : “Kim: “Men o‘g‘irlangan narsalarni bilaman va jin menga habar bergan narsalarning habarini beraman” desa kofir bo‘ladi”, degan. (Roddul muxtor). Bularning qatoriga g‘aybdan bashorat beruvchi munajjim va kaft, tosh va boshqa narsalarga qarab fol ochuvchilar ham kiradi.
1. Kim folbin g‘aybni biladi degan etiqodda uning huzuriga borsa va aytganini tasdiq qilsa, kofir bo‘ladi va ayoli bilan oralaridagi nikohi buziladi. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh solallohu alayhi vasallam: “Kim kelajakda bo‘ladigan ishlardan habar beruvchining yoki bo‘lib o‘tgan g‘ayb ishlardan habar beruchining huzuriga borsa va uning aytganlarini tasdiq qilsa, batahqiq Muhammadga nozil qilingan narsaga kofir bo‘libdi”, deganlar. (Imomi Ahmad rivoyati).
1. Kim folbinlar g‘aybni bilmaydi degan e’tiqodda bo‘laturib, ulardan biror narsa so‘rashga borsa, harom ishga qo‘l urgan bo‘ladi va qirq kunlik namozi qabul bo‘lmaydi. Rasululloh solallohu alayhi vasallam : “Kim folbinga borib undan biror narsa so‘rasa, qirq kunlik namozi qabul bo‘lmaydi”, deganlar.(Muslim rivoyati). Vallohu a’lam.
1 May 2022, 11:14 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar