Odamlar va dinimiz
Assalomu alaykum! Man yana sizlarga savol yo‘llayapman, chunki O‘zbekistonda katta bo‘layotgan farzandlarimiz takdiridan xavotirdaman, qo‘rquvdamanki xolatimni tushuntirishim qiyin. Iltimos Xazratimiz bo‘lganlarida balki shunaqalar ko‘paymasdi, afsus u kishini oxiratlari obod bo‘lsin! Demoqchimanki yutubga kirsangiz xar xil maruzalar va ularni ostida xar xil kommentlar yozishadi, juda ko‘p insonlar yaxshi solix domlalarimiz maruzalariga xam xatto xazratimizni so‘zlari ostiga xam bo‘xtonlar yozishib Sodiq Samarqandiy yoki yana biz tanimagan kimlarnidir targ‘ib qilishyapti (uzr balki rostdan yaxshidir Man bilmiman) mani qo‘rqqanimki ayrim ilmdan uzoq yoshlarimiz olqishlashib ergashib ularga to‘g‘ri yo‘ldan adashmagan bu dunyoda bitta shu inson yani Sodik Samarkandiy deb jar solishyapti, 1. Mani o‘ylantirgan narsa u odam aslida kim? 2. Bunday targ‘ibotlarga ergashayotgan yoshlarimizni axvoli nima bo‘ladi? 3. Nimadir qilib dinimizni to‘g‘ri tushunishlari uchun balki maktabdan boshlash kerakdir tarbiyani, faqat islomiy maktablarda emas, oddiy maktablarda xam xaftada dars jadvallariga qo‘shish kerak emasmi? Farzandlarimiz adashmasligi uchun, biz oddiy insonlardan ko‘ra sizlar xaqlisizlar bu mavzuni gapirishga. Naxotki xech iloji yo‘q. Bu erda qisqa yozdim axvol juda xam chatoq. Balki sizlar ko‘rmassizlar vaqtingiz etmas, ammo odamlarni fikrlashini, dunyoqarashini o‘qib, qo‘rqib ketaman. Nega kerak insonlarni bo‘linib olib xar tomondan Bir biriga tosh otishshi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-2). U kishi o‘zlarini imom Abu Hanifa, imom Shofe’iy, imom Molik va imom Hanbal rohmatullohi alayhimlardek ilmga egaman deb da’vo qilishlari yomon xolos. Aslida birini rojih birini marjuh deyishning o‘zi ham o‘zini gapi emas. Bu holat o‘zini o‘shalarga qiyoslashdan kelib chiqqan. Bu holvasi, insonlarni Allohni o‘ziga qiyoslab “Alloh arshning ustida o‘tiradi” deganlari ham bor. Vaholanki bu aqiyda, aqiydani isbot qilishi uchun kerak bo‘ladigan dalillar bilan sobit bo‘lmagan. Bir masalada bir mazhabning imomi o‘sha masalaning dalili sifatidagi hadisni rojih deb aytsa, boshqa bir imom uning ziddiga bo‘lgan hadisni rojih deb aytsa, ikkisini to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini ajratadigan odam u ikki imomdan ham ilmliroq bo‘lishi kerak. Yomon tomoni, bir kishi qon chiqsa tahorat ketmaydi deb bilsa, boshqasi qon chiqsa tahorat ketadi deb bilsa, tahorat ketadi degan kishining tahorat ketmaydi degan kishi orqasida turib iqtido qilish joiz bo‘lmay qoladi. Yana xotini “bir og‘iz bilan uch taloq desa uch taloq tushadi” deb bilsa, er “bir taloq tushadi” degan gapni olsa, domla qaysi biriga fatvo beradi? Xotin birga yashashi joiz bo‘lmaydida. Chunki xotin uch taloqni uch taloq deb biladi. Bu bir zarracha ixtilof, undan tashqari kelib chiqadigan rasvoliklarni cheki yo‘q. 3). Bu boradagi fikr va mulohazalarni O‘zbekiston Musulmonlari idorasiga taqdim qiling. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 00:57 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar