Irodam etmayapti

Assalomu alaykum! 5 yildan beri ro‘za tutaman. Ramazon oyi chiqqandan so‘ng yana ichkilik balosiga yo‘liqaman. Irodam etmayapti, qancha xarakat qilsam xam ichkilik ichib qo‘yyapman. Duo qilinglar, shundan qutilish uchun Allohdan so‘ranglar, zora shu balodan qutilsam.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz duo qilishda 1-2 minut duo qilib cheklanmang. Kechasi bilan boshni sajdaga qo‘yib 3-4 sotalab yig‘lab Allohdan so‘rang. Bir necha kun qilsangiz yanada yaxshi. In shaa Alloh sizni bu balodan qutqaradi. Bu narsa Alloh uchun hech qanday qiyin emas. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar