Riboligiga shubxa
Assalomu alaykum! Yaqinda biz kommunal to‘lovlar uchun qarindosh akamdan pul olgan edik. Ya’ni shu pulni issiq suv uchun to‘ladim. Lekin 1-2 kundan so‘ng akam biznikiga mexmonga kelganlarida men shuni bilib qoldimki akam bankda depozit qo‘ygan ekan. Lekin akamning asosiy daromadi davlat ishxonasidan oladilar, ya’ni riboga aloqasi bo‘lmagan korxonada. Men shu xolatni bilganimdan keyin xavotirlanib qoldim, ya’ni kommunal to‘lovni ribo aralashgan pulga qildimmikin deb. Maslaxat bersangiz bu xolatni qanday yo‘l tutishni bilmayabman. Yoki akamga o‘shancha pulni qaytarib bersammikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga qaysi puldan berganini so‘rang. Kishining aksar topgani haloldan bo‘lsa, undan istemol qilish joiz. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 138 | Halol va harom