Safarda ro‘za
Assalomu alaykum! Men hozir Moskva shaxridan O‘zbekistonga 15-iyunga samalyotga chipta olganman. Biz Moskvada ro‘zani 16-maydan boshlaganmiz, agar bu erda Ramazon oyi 30 kunga to‘g‘ri kelsa 14-iyunda ro‘zani oxirgi kuni bo‘ladi. Bilamizki O‘zbekistonda ro‘za 17-dan boshlangan, agar u erda ham 30 kun bo‘lsa oxirgi kun 15-da bo‘ladi. Shunday holat bo‘lsa men 15-kuni saharlik paytida hali uchmagan bo‘laman lekin bu paytda Ramazon oyi shom kirganda tugab bo‘lgan bo‘ladi. Safarga chiqayotgan bo‘lsam ham ro‘za tutmoqchiman. Men ro‘za tutib uchib ketsam bo‘ladimi yoki parvoz vaqtida hech narsa emay O‘zbekiston hududiga kirganda niyat qilib olaymi? U paytda kun ko‘tarilgan bo‘ladi. Javobingiz savob umidida bo‘lgan inson uchun juda muxim. Javob uchun katta rahmat. Alloh tutgan ro‘zalarimizni qabul qilgan bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! O‘zbekistonda saharlik vaqti tugamasidan oldin eb-ichib ro‘za tutishni niyat qilsangiz ro‘za tutgan hisoblanasiz. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 17:07 | Savol-javoblar | 139 | Ro‘za