O‘zi zino qilgan ayolni qiziga uylanish

Assalomu alaykum! Bu savolni bir insonni nomidan yuboryapman. Bir yigit savdo sotiq orqali bir ayol bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan. Va shu ayolni qizi bilan unashtirilgan. Yigit qizni onasi bilan ichkilik ta’sirida zino qilgan. Ayolni qizi bundan bexabar albatta. Va qizga uylangan. Hozir ular 2ta farzandli. Yigit afsusda. Savolim yigit zino qilgan ayolini qiziga uylangan bo‘lsa ularni nikohi halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol emas. “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi: وَحَرُمَ أَصْلُهُ وَفَرْعُهُ، وَفَرْعُ أَصْلِهِ الْقَرِيبِ، وَصُلْبِيَّةُ أَصْلِهِ الْبَعِيدِ، وَأُمُّ زَوْجَتِهِ وَبِنْتُهَا، مَوْطُوءَةً، وَزَوْجَةُ أَصْلِهِ وَفَرْعِهِ، وَكُلُّ هَذِهِ رَضَاعًا وَفَرْعُ مَزْنِيَّتِهِ وَمَمْسُوسَتِهِ وَمَاسَّتِهِ وَمَنْظُورٍ إِلَى فَرْجِهَا الدَّاخِلِ بِشَهْوَةٍ، وَأَصْلُهُنَّ وَمَا دُونَ تِسْعِ سِنِينَ لَيْسَتْ بِمُشْتَهَاةٍ Shuningdek, o‘zi bilan zino qilgan, o‘zi ushlagan yoki uni ushlagan va ichki farjiga shahvat bilan nazar solingan ayolning far’i ham, asli ham harom bo‘ladi.
Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, men johiliyatda bir ayol bilan zino qilgan edim. Uning qiziga uylansam bo‘ladimi?» dedi. Ul zot: «Buni joiz deb bilmayman», dedilar.
«Al Foyatus Sam’oniya» nomli kitobda rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: مَنْ نَظَرَ إِلَى فَرْجِ امْرَأَة، لَمْ تَحِلَّ لَهُ أُمُّهَا وَلَا بِنْتُهَا» أَخْرَجَهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ مِنْ حَدِيثِ أُمِّ هَانِئٍ مَرْفُوعًا «Kim bir ayolning farjiga shahvat bilan nazar solsa, unga o‘sha ayolning qizi ham, onasi ham harom bo‘ladi», deganlar.
Ibn Abu Shayba Ummu Hone’ning hadisidan marfu’ holda chiqargan.
To‘qqiz yoshdan kichik qizlar ishtaha tortadigan emas.
Bas, shu yoshdan kichik qizlarni ushlasa va ularga nazar solsa, avvalgi satrlarda o‘tgan hukmlar sobit bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 14:47 | Savol-javoblar | 201 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar