Niyatni holis qilmaslik

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuhu, hurmatli Ustoz. Bilamizki, amallar niyatga bog‘liq. Kim bir ishni yaxshi niyat bilan qilsa, unga ajr savob beriladi. Aksincha bo‘lsa, gunoh. Men bir necha yil oldin uyali aloqa vositasini sotib olgan edim. O‘shanda niyatim yomon edi (ya’ni bu jihozni o‘yin o‘ynash va noshar’iy, gunoh bo‘lgan lavhalarni tomosha qilish uchun olgandim). Hozir bu gunohlarni hech ham tark etolmayapman. Doim Allohga duo qilaman, gunohlarimdan pushaymon bo‘lib tavba qilaman, lekin ma’lum vaqtdan keyin yana o‘sha gunohlarni qilib qo‘yyapman. Ustoz, men nima qilishim kerak? Yoki ushbu jihozdan qutulishim kerakmi? Iltimos men uchun duo qiling, Alloh Sizning vositangizda meni O‘z hidoyatiga boshlasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar o‘sha jihoz qo‘lingizda bo‘lgani uchun gunohga qaytayotgan bo‘lsangiz, uni yo‘qoting va qo‘lingizga qayta olmang. O‘sha gunoh sodir bo‘lishiga sabab bo‘layotgan barcha narsalardan chetlaning. Alloh taolo ko‘rib, bilib va hisobini qilib turganini bir zum ham unitmang.

6 May 2022, 15:09 | Savol-javoblar | 148 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar