Ushbu merosning taqsimlanishi qanday?

Assalomu alaykum, hurmatli ustoz.Meni savolim meros to‘g‘risida:Ota-onadan 2 o‘g‘il va 1 qiz qolganmiz. Ota-onalarimiz o‘tib ketishgan, ularni Alloh rahmatiga olsin va jannatlardan ato esin.Ikki o‘g‘il kattasi, kichigi esa kiz. Hozirda barcha bolalar turmush qurib, uyli-joyli bo‘lib ketishgan. Men ikkinchi o‘g‘ilman, uy-joyni akam va singlim meni nomimga rasmiylashtirib berishgan.Uy-joydan boshqa qolgan mol-mulk meros sifatida taqsimlanmagan. Misol uchun, tilla buyumlar, uy anjomlari, ota-onamiz kiyim-kechaklari va boshqa narsalar.Ushbu meros taqsimlanishi to‘g‘rida so‘ramoqchi edim.Hurmatli ustoz, javob uchun oldindan rahmat.Xayrli ishlaringizda Alloh madadkor bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Meros beshga bo‘linadi. Ikki o‘g‘il ikki hissadan, qiz bir hissa oladi.

6 May 2022, 15:09 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar