Dayus bo‘lib qolmayabmanmi?

Assalomu alaykum! Yoshim 18 da, oilada 5 kishimiz, onam, opam, men 5 vaqt namoz o‘qiymiz. Otam bazan namoz o‘qib turishadi. Onam va opam bo‘yinlaridan yuqori avratlarini yopishmagan. Onamga so‘zim o‘tmaydi. Opamni o‘ranishiga onam qarshi, sabab qishloqdagilar yomon gumonda gapirishyabdi. Savolim, avratlarini berkittira olmaganim uchun men dayus bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Onangiz va opangizni avratlarini yopib yurishlariga otangiz mas’ul. Lekin u kishi bunga bee’tibor bo‘lsa, siz ularni avratlarini yopib yurishga chaqirishingiz kerak bo‘ladi. Ularga chiroyli qilib nasihat qilishingiz zarur. Agar gapingizga kirishmasa siz mas’ul bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar