G‘usl vojib bo‘lishini endi bildim

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, ehtilom bo‘lgandan so‘ng g‘usl vojib bo‘lishi haqida bugun xabardor bo‘ldim. Birodarimning aytishiga qaraganda shu kungacha tutgan ro‘zalarim va ibodatim qabul bo‘lmaganligi ehtimoli ham bor emish. G‘usl qilmagan holimda ham doimo tahoratda yurib ozoda yuraman. Lekin, tan olishim lozimki g‘uslni niyat qilib poklanganman. Chunki Alloh guvoh bu haqida xabarga emas edim. Men g‘usl faqat er-xotinlarga vojib deb o‘ylardim. Ibodatlarim nima bo‘ldi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘zani g‘usl va janobatga aloqasi yo‘q. Vaqtida og‘izni berkitib, vaqtida ochgan bo‘lsangiz kifoya. Lekin namozga poklik shartdir. Shuning uchun namozlaringizni qayta o‘qib olishingiz kerak bo‘ladi. Tushda bulg‘anganidan keyin har xil hidlardan tozalanish uchun cho‘milish ham g‘uslni o‘rniga o‘tadi. G‘uslga niyat shart emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:38 | Savol-javoblar | 180 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar