Ko‘ngil tortmasa o‘qiladigan duo

Assalomu alaykum! Muhammad sollallohu alayhi va sallam aytdilar "Agar kishi ko‘ngli bir ishdan cho‘chib, undan yomon fol olsa, shu duoni o‘qib, o‘z ishida davom etsun" : "Allohumma lo yaʼtiy bilxayri illa anta va lo yadfaush sharra illa anta"(Tarixi Muhammadiy, ikkinchi kitob) shu duoning yozilishida hato yo‘qmi (kitobda qanday bo‘lsa shunday yozdim) va ko‘p hollarda shunga o‘xshash grammatik hatolar bor ekan. Iloji bo‘lsa arabcha yozuvini topib bersangiz iltimos. Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan hadisda Urva ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlaridan tiyara(fol olish) zikr qilindi. Shunda u zot “Tiyaraning eng yaxshisi yaxshilikka yo‘yishdir. Tiyara musulmonni(qilmoqchi bo‘lgan ishi yoki yo‘lidan) qaytarolmaydi. Birortangiz o‘zi xushlamagan narsani ko‘rsa: “Allohumma laa ya’tii bilhasanaati illaa anta valaa yadfa’ussayiaati illaa anta. Valaa havla valaa quvvata illa bik” desin” dedilar.
Ma’nosi: 
Ey Allohim, yaxshiliklarni faqat Sengina bera olasan. Yomonliklarni faqat Sengina daf qila olasan. Toatga bo‘lgan quvvat ham gunohdan saqlanishga bo‘lgan quvvat ham yolg‘iz Sening tarafingdandir. وَعنْ عُرْوَةَ بْنِ عامِر رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: ذُكِرتِ الطِّيَرَةُ عِنْد رَسُولِ اللَّه صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فقَالَ: أحْسَنُهَا الْفَألُ، وَلا تَرُدُّ مُسْلِمًا، فَإذا رَأى أحَدُكُمْ ما يَكْرَه فَلْيَقُلْ: اللَّهُمَّ لا يَأتي بالحَسَناتِ إلا أنتَ، وَلا يَدْفَعُ السَّيِّئاتِ إلا أنْتَ، وَلا حوْلَ وَلا قُوَّةَ إلا بِكَ حديثٌ صَحيحٌ، رَوَاهُ أبو داود بإسنادٍ صَحيحٍ Vallohu a’lam!

6 May 2022, 15:20 | Savol-javoblar | 144 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar