2 kishi nomidan 1 kishi ro‘za tutsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Otam vafot etganlar, onam biroz betoblar. Ota-onam nomidan ro‘za tutsam bo‘ladimi, yoki birini tanlab ro‘za tutishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ramazon ro‘zasi har kimning o‘z zimmasiga farz qilingan. Birov uchun boshqa odam farz ibodatlarini qilishi joiz emas. Onangiz qodir bo‘lmasa tuzalgach qazosini tutib beradi. Otangizni qoldirgan namoz va ro‘zalariga xohlasangiz fidya berishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:06 | Savol-javoblar | 170 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar