Aldanish
Assalomu alaykum!«Mo‘min bir chuqurga ikki marta tushmaydi» degan hadis bor ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يُلْدَغُ الْمُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ. رَوَاهُ الثَّلَاثّةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min bir uyadan ikki marta chaqilmaydi», dedilar». Uchovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Bu hadisi sharifdagi «uya»dan murod ilon, chayon kabi zaharli narsalarning inidir. Bundan mo‘min kishi o‘ta hushyor inson bo‘lishi lozimligi kelib chiqadi. Mo‘min-musulmon banda bir marta zarar tortgan joyidan va ishidan ikkinchi marta yana zarar tortmasligi kerak. Ushbu hadisi sharifning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan aytilishiga quyidagilar sabab bo‘lgan. Badr urushida Abu G‘arra nomli shoir asirga tushdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam undan o‘zlarini hajv qilmaslik va odamlarni o‘zlariga qarshi targ‘ib qilmaslik haqida ahd oldilar. U «Xo‘p» dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni ozod qilib yubordilar. U o‘z qavmiga borib qo‘shildi. So‘ngra hajv qilishda va qarshi targ‘ib qilishda davom etdi. Uhud urushi bo‘lganda u yana asirga tushdi. U Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan o‘zini yana qo‘yib yuborishlarini so‘radi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuqoridagi hadisi sharifni aytdilar. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللهَ لَيُمْلِي لِلظَّالِمِ حَتَّى إِذَا أَخَذَهُ لَمْ يُفْلِتْهُ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh zolimga muhlat berib qo‘yadi. Ammo uni bir tutganda qo‘ldan chiqarib yubormaydi», dedilar». Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Boshqa bir rivoyatda bu hadisi sharifning davomiga «Va «Robbing zolim shaharlarni ushlaganida, ana shunday ushlaydi. Albatta, Uning ushlashi alamli va shiddatlidir»ni qiroat qildilar», degan jumlalar ham ziyoda qilingan. Alloh taoloning azobidan ehtiyot bo‘lmaslik zolim bo‘lishga va zolimlikni davom ettirishga olib boradi. Ammo vaqtinchalik azob kelmasligi Alloh taoloning azobidan ehtiyot bo‘lmasa bo‘laverar ekan, falonchi shuncha zulm qilsa ham hech narsa bo‘lmadi-ku, degan fikrga zinhor bormaslik kerak. Alloh taolo muhlat beradi va jazosiz qo‘ymaydi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:38 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar