Tanlangan odamlar
Assalomu alaykum! Yahudiylar nega o‘zlarini tanlangan odamlar deb hisoblashadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi : يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ اذْكُرُواْ نِعْمَتِيَ الَّتِي أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَنِّي فَضَّلْتُكُمْ عَلَى الْعَالَمِينَ 47. Ey Banu Isroil, sizga in’om etgan ne’matlarimni va Men sizlarni olamlardan afzal qilib qo‘yganimni eslang! O‘sha paytlarda payg‘ambarlar, ilohiy kitoblar va boshqa afzalliklar Banu Isroilga berilgan edi. Lekin ular bu ne’matlarga shukr etmadilar, ahdga vafo qilmadilar. Shundan so‘ng Alloh ularni la’natladi, g‘azab qildi hamda ularga xorlik va zorlikni ravo ko‘rdi. Bu oyatda ularning afzal bo‘lganliklarini eslatishdan maqsad Islomni ko‘rsalar, iymon yo‘liga yursalar, yana qaytadan o‘sha afzalliklarga erishishlari mumkinligini eslatishdir. يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ اذْكُرُواْ نِعْمَتِيَ الَّتِي أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَنِّي فَضَّلْتُكُمْ عَلَى الْعَالَمِينَ 122. Ey Banu Isroil, sizga in’om etgan ne’matlarimni va Men sizlarni olamlardan afzal qilib qo‘yganimni eslang! Ushbu oyati karimada Alloh taolo Banu Isroilga avvalgi oyatlarda qilgan eslatmalarini umumlashtirmoqda. Yuqorida o‘tgan oyatlarda «Uni eslang, buni eslang», deb, har oyatda bittadan ne’mat zikr qilingan edi. Endi esa: «Ey Banu Isroil, sizga in’om etgan ne’matlarimni... eslang!» – deb hamma ne’matlar birdan eslatilmoqda. Shu bilan birga, Banu Isroilga yana alohida e’tibor bo‘lganini ham eslatib: «…Men sizlarni olamlardan afzal qilib qo‘yganimni eslang!» – deb aytilmoqda. Ushbu jumlada zikr qilingan «Banu Isroilni olamlardan afzal qilib qo‘yish» o‘sha davrga xosdir. Yahudiylarning o‘zlari da’vo qilganlaridek, bu dunyo-yu, u dunyoning abadiy afzalligi emas. Darhaqiqat, Alloh taolo ma’lum muddat ularni olamlardan afzal qilib qo‘ydi. Lekin yahudiylar o‘z nobakorliklari ila siylashga arzimasliklarini ko‘rsatdilar va Alloh taoloning la’natiga uchradilar. Shunday bo‘lsa ham, Alloh taoloning dargohi kengligi uchun yana bir bor ularni qiyomat kunidan qo‘rqishga, o‘zlarini o‘nglab olishga undamoqda. Ular bu ne’matlarni qadrlamagan edi, “Moida” surasida : فَبِمَا نَقْضِهِم مِّيثَاقَهُمْ لَعنَّاهُمْ وَجَعَلْنَا قُلُوبَهُمْ قَاسِيَةً يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِ وَنَسُواْ حَظًّا مِّمَّا ذُكِّرُواْ بِهِ وَلاَ تَزَالُ تَطَّلِعُ عَلَىَ خَآئِنَةٍ مِّنْهُمْ إِلاَّ قَلِيلاً مِّنْهُمُ فَاعْفُ عَنْهُمْ وَاصْفَحْ إِنَّ اللّهَ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ 13. Ahdu paymonlarini buzganlari uchun ularni la’natladik va qalblarini qattiq qildik. Ular kalimalarni o‘z o‘rnidan o‘zgartirurlar. O‘zlariga eslatilgan narsalardan ko‘p ulushni unutdilar. Ularning ozginalaridan boshqalarini mudom xiyonat uzra ko‘rasan. Bas, ularni afv et va o‘tib yubor. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadir. Banu Isroil yahudiyligiga bordi. Hatto Alloh taolo bilan bo‘lgan ahdnomani ham buzdi. Uni bajo keltirmadi. Namozni qoim qilmadi. «Namoz» deb atalmish ulug‘ ibodatni Alloh aytganidek emas, o‘zlari xohlaganlaridek buzib ado etadigan bo‘lishdi. Zakot berish u yoqda tursin, hamma iqtisodiy aloqalarga harom-xarishni qo‘shdilar. Odamlarning molini botil yo‘l bilan eyishni joriy qildilar. Allohning barcha payg‘ambarlariga birday iymon keltirishmadi, aksincha, ularning ko‘pchiligini haqorat qildilar. Ig‘vo va bo‘htonlar yog‘dirdilar. Hatto Zakariyo, Yahyo alayhissalom kabilarni o‘ldirishgacha borib etdilar. Iyso alayhissalomni o‘ldirdik, deb da’vo qildilar. Oxirgi Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ham o‘ldirishga harakat qildilar. Allohga yaxshi qarz berish tugul, bandaga ham yaxshi qarz bermadilar. Butun dunyo bo‘yicha qarz berishda riboxo‘rlikni yo‘lga qo‘ydilar. Mazkur buzg‘unchiliklari va yana boshqa jinoyatlari uchun Alloh taolo ularni la’natladi – O‘z rahmatidan quvdi. Alloh taolo ularning qalblarini qattiq qilib ham qo‘ydi. Shu sababdan ozginalaridan boshqa aksarilarining qalblariga hidoyat nuri ham kirmaydi. Ahdnomani buzishning ba’zi ko‘rinishlari oyati karimaning o‘zida ham zikr qilingan: «Ular kalimalarni o‘z o‘rnidan o‘zgartirurlar». Kalimalarni – so‘zlarni o‘zgartirish deganda Tavrot nazarda tutilmoqda. Alloh taolo Muso alayhissalomga O‘zining samoviy kitobi bo‘lmish Tavrotni nozil qilganda, Banu Isroildan bu kitobni muhofaza qilish, qanday nozil bo‘lgan bo‘lsa, shunday saqlash haqida ahdnoma olgan edi. Ammo bunday bo‘lmadi. Yahudiy tarixchilarning o‘zlari aytishlaricha, asl Tavrot yo‘qolganiga hech qanday shubha yo‘q. Yahudiylardan biror kishi Tavrotni yodlamagani ham haqiqatdir. Hozirgi kunda yahudiylar «Muso alayhissalomdan qolgan», deb olib yurgan besh kitobdan iborat Talmud esa Tavrotning qanday yozilganligi, uni saqlash haqida ahdnoma olinganligi kabi ishlarni hikoya qiladi. Yahudiylarning o‘zlari ta’kidlashlaricha, Tavrot bobilliklar yahudiylarni asir olgan paytlarda yo‘qolgan. Bu ham etmagandek, ular kalimalarni o‘z o‘rnidan o‘zgartirganlar. Ya’ni ba’zi lafzlarning o‘zini, ba’zilarining ma’nolarini o‘zgartirganlar. Yana boshqa birlarini esa asl ma’nodan boshqa ma’noga burganlar. Ular yana: «O‘zlariga eslatilgan narsalardan ko‘p ulushni unutdilar». Ya’ni Alloh tomonidan ularga kelgan Tavrotdagi va boshqa eslatmalarni qasddan eslaridan chiqardilar. Oyatning davomida Alloh Nabiy sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib: «Ularning ozginalaridan boshqalarini mudom xiyonat uzra ko‘rasan», – deydi. Alloh hidoyatga solib, Islomni qabul qilgan yahudiylarni e’tiborga olmaganda, xiyonat ularning asosiy sifatlari hisoblanadi. Ular rumliklarga ham, forsliklarga ham xiyonat qilganlar. Doim yaxshilik ko‘rishlariga qaramay, musulmonlarga qayta-qayta xiyonat qilganlar. Lekin shunga ham qaramay, Alloh taolo O‘z Payg‘ambariga: «Bas, ularni afv et va o‘tib yubor», – demoqda va orqasidan: «Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadir», – deb xushxabar bermoqda. Bu hukm ushbu oyat nozil bo‘lgan vaqtga xos va munosib hukm edi. Keyinchalik Alloh taolo Payg‘ambariga ularni Madinai Munavvaradan va Arabiston yarim orolidan butunlay haydab chiqarishni amr qildi. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 166 | Siyrat va tarix