4837-savol haqida

Assalomu alaykum! 4837-savolda ,,o‘lgan odamga atab jonliq so‘ysa bo‘ladimi?,, ikkinchi savolida ,, o‘lgan odamga atab is pishirib Qur’on o‘qisa bo‘ladimi?,, deb so‘ralgan. Bu so‘ralgan javoblarga aniq javob yo‘q. Bergan javobdan o‘lgan odamga atab so‘ysa bo‘ladi deb tushunilyapti. Men Alloh dan boshqaga atab jonliq so‘yish mumkinmas va is pishirish degan gap dinimizda yo‘q deb o‘qigandim. Shunga oydinroq javob bersangiz. Iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Is chiqarish yo‘q, unga atab so‘yish yo‘q. To‘g‘ri o‘qigansiz, biz ham javobda shunday deganmiz. Qurbonlik kunlarida esa mayyit tarafidan qurbonlik qilish joiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 180 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar