Namozdagi masalalar

Assalomu alaykum! Namozga quloq qoqqandan keyin vaqti chiqib, boshqa nomozlar vaqti bo‘lib qolsa ushbu o‘qilayotgan nomoz vaqtida o‘qigan hisoblanadimi?
2. Nomoz vakti chikib ketgunicha kaysi amalini bajarib olsa shu nomoz vaktida o‘qilgan xisoblanadi?
3. Juma kuni peshin nomozini kaysi vakt o‘qish mumkin? Sababi chet eldamiz, katta zavodda ishlaymiz, tartib intizom kuchli. Bu erda tushlik vaqtda ya’ni peshin vakti kirganida vaktimiz bo‘ladi, juma kuni esa bu vaktda masjidlarda juma hali o‘qilmagan bo‘ladi. Juma o‘qilmasdan oldin peshinni o‘qish mumkinmi? Agar biz peshin vakti kirganida shu tushlik vaktida juma nomozi o‘qilmasdan oldingi vaqtda peshin nomozini o‘qib olmasak peshin nomozini qazo qilib qo‘yish extimoli ko‘prok.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Yo‘q. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَدْرَكَ رَكْعَةً مِنَ الصُّبْحِ قَبْلَ أَنْ تَطْلُعَ الشَّمْسُ فَقَدْ أَدْرَكَ الصُّبْحَ، وَمَنْ أَدْرَكَ رَكْعَةً مِنَ الْعَصْرِ قَبْلَ أَنْ تَغْرُبَ الشَّمْسُ فَقَدْ أَدْرَكَ الْعَصْرَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim quyosh chiqishidan oldin Bomdoddan bir rak’atni topsa, batahqiq, Bomdodni topibdir. Kim quyosh botishidan oldin Asrdan bir rak’at topsa, batahqiq, asrni topibdir», dedilar». Beshovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foyda va hukm ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Hanafiydan boshqa mazhablarga ko‘ra, bir odam uzr tufayli Bomdod namoziga kech qolib, quyosh chiqmasdan avval bir rak’atini o‘qib qolsa, quyosh chiqsa ham ikkinchi rak’atini o‘qiyveradi. Uning namozi vaqtida o‘qilgan namoz hisoblanib, qazo bo‘lmaydi. Biroq hanafiy mazhabi ulamolari boshqa hadisga asoslanib, quyosh chiqishi bilan Bomdod namozining vaqti tugaydi, bu paytda Bomdod o‘qiyotgan kishining namozi buziladi, deb hukm chiqarganlar. Lekin bir kishi kech qolib, Asrning bir rak’atini o‘qiganidan keyin quyosh botib qolsa, namozi botil bo‘lmaydi. U o‘z namozini davom ettirib, o‘qiyveradi. Namozi tugal bo‘ladi. وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَدْرَكَ رَكْعَةً مِنَ الصَّلَاةِ فَقَدْ أَدْرَكَ الصَّلَاةَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالنَّسَائِيُّ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim namozdan bir rak’atni topsa, batahqiq, namozni topibdir», dedilar». Ikki Shayx va Nasaiy rivoyat qilganlar. Sharh: Bu hadisda faqat Bomdod yoki Asr namozlari haqida emas, balki barcha namozlar haqida so‘z bormoqda. Musulmon odam kech qolib, qaysi bir namozning oxirgi vaqtida bir rak’at bo‘lsa ham o‘qib qolsa, o‘sha namozni tamomlaydi va o‘z vaqtida ado qilgan hisoblanadi. Uning namozi qazo bo‘lmaydi. Ba’zi kishilar agar namoz vaqti oz qolgan bo‘lsa, keyinroq, bemalol qazosini o‘qib olarman, deb beparvolik qiladilar. Bu mutlaqo noto‘g‘ridir. Musulmon kishi namozni umuman qazo qilmasligi kerak. Bir vaqt qazo bo‘lgan namozning gunohini yuvish ancha qiyin. Shuning uchun oxirgi vaqtida bo‘lsa ham, birgina rak’atiga ilinib qolsa ham, harakat qilish kerak. Bunday ruxsatning berilishi biz bandalar uchun ayni mehribonlikning o‘zidir. ("Hadis va Hayot" kitobidan). 3). Qazo qilgandan ko‘ra yolg‘iz o‘qib olishinglar mumkin. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 16:20 | Savol-javoblar | 173 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar