Namoz o‘qiydigon joy

Assalomu alaykum! Rossiyada oziq-ovqat do‘konida ishlayman. Do‘konda namoz o‘qishga sharoit yo‘q. Go‘sht sotiladigan do‘konda o‘qib kelaman. Bir kuni men ishlaydigan do‘konni egasi qo‘shni do‘konda ham o‘qisangiz bo‘ladi. Asosiysi ko‘ngildan o‘qish kerak dedi. U erga ko‘nglim chopmaydi, chunki aroq sotiladi. Aroq sotiladigan do‘konda namoz o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Pokiza joy bo‘lsa va najosat bo‘lmasa, joiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 19:53 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar