Ro‘za niyatidan qaytish

Assalomu alaykum! Bir kishi kechasi uxlamadi, ramazon ro‘zasini tutsammi yo‘qmi deb o‘ylanib tutmaslikka qaror qiladi. Keyin subxi sodiq kirgandan so‘ng soat 10 lar atrofida tutishni niyat qilsa, niyati durust bo‘ladimi? Agar niyatim durust emas deb eb-ichib qo‘ysa qazo tutishi kerakmi yoki kafforat vojib bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kunning yarmidan avval ro‘za tutishni niyat qilsa va ungacha eb-ichish, jimo’ kabi ro‘zani buzuvchi ishlarni qilmagan bo‘lsa niyati durust bo‘ladi va ro‘zadorga aylanadi. Agar shunday niyat qilib, so‘ngra  “bunday niyat durust emas” deb o‘ylab eb-ichib yuborsa faqat qazo vojib. Kafforot vojib emas. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar