O‘rtaga pul tashlab qurbonlik qilish

Assalomu alaykum! Biz do‘stlarimiz bilan pulni o‘rtaga tashlab qurbonlik qilmoqchi edik, shu joizmi? Agar xar bittamiz bittadan qurbonlik olaylik desak pulimiz etmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qurbonlik zimmasiga vojib bo‘lgan har bir kishi tomonidan alohida qilinadi, qora mol yoki tuya so‘yishda 7 kishigacha sherik bo‘lish joiz. Agar har biringizga qurbonlik vojib bo‘lgan nisobga ega bo‘lmasangiz sizlarga qurbonlik qilish vojib emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar