Bankning moliyaviy hisobotlar tayyorlash bo‘limida ishlash
Kitoblaringizda keltirilgan hadislardan bildimki, riboxo‘r va uning ediruvchisidan tashqari, kotib (ribo muomalasini hujjatlashtiruvchi kishi) hamda ikki shohid ham riboga barobar aralashgan hisoblanar ekan. Savolim bankning moliyaviy hisobotlar tayyorlash bo‘limida ishlash haqida. Bu kasbning bajaradigan asosiy vazifasi - kvartal va yil yakuni bo‘yicha bank faoliyatini raqamlarda aks ettirish (aktiv, passiv, kapital, foyda/zarar...) va shu asosida hisobot tayyorlashdan iborat. Ushbu kasb kredit oldi-berdisida bevosita ishtirok etmaydi. Ammo bankning asosiy faoliyat turlaridan biri foizga kredit berish va depozit qabul qilish bo‘lganligi sababli tayyorlanadigan hisobotlarning bir qismida kredit va uning foizlari summasi ham bo‘ladi. Ushbu saytning savol-javob bo‘limida Siz "Bevosita riboga bog‘liq bo‘lmagan bank ishlariga ulamolar ruxsat berganlar", deb aytib o‘tgansiz. Savolim quyidagicha: Ushbu kasbga ribo aralashyaptimi? Unda ishlash mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
"Bevosita riboga bog‘liq bo‘lmagan bank ishlariga ulamolar ruxsat berganlar".
26 May 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
"Bevosita riboga bog‘liq bo‘lmagan bank ishlariga ulamolar ruxsat berganlar".
26 May 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar