"it" dasturlaridan foydalanish

Assalomu alaykum! Meni bir savol qiynayapdi, 162397 manzilidagi savolga berilgan javobga ko‘pchilik tanishlarim quyidagicha fikr bildirishmoqda: "Word ni qonuniy vesiyasi ya’ni Misrosoft offise 2007(O‘zbekistonda asosan 2007 ishlatiladi) paketi Misrosoft da $149 dan boshlanadi. Bu qo‘pol aytganda O‘zbekistondagi 1fuqaroni 1oylik o‘rtacha maoshi. Bundan tashqari Misrosoft Windows ni legal versiyasini o‘rnatish $119. Bundan tashqati Windows aktivatsiyasi $101-$150 (amazongda) Agar shularni o‘zini hisoblasak $369 bo‘lyapti. Bundan tashqari PDF o‘qiydigan Adobe (reader) dasturini ham sotib olish kerak. Agar hammasini legal qiladigan bo‘lsa har 1ta maktabdagi, universitetdagi komyuteriga ichidagi qurilmalardan tashqari $369 sarflansa. Byudjet buni ko‘targan taqdirda ham soliq to‘lovchilarning pulidan ortiqcha harajat qilinadi. Shuncha pulga masjid, maktab quradigan pul bemalol chiqadi".
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!  Hamma vaqt ham tolibi ilmlar shaxsiy pullariga kitob sotib olib o‘qiganlar. Kitob sotib olishga puli etmaganlar kitobi borlardan so‘rab yurib foydalanganlar. Bu ham shunga o‘xshaydi. Puli yo‘q bo‘lsa o‘g‘irlayversin degan joyi yo‘q. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 166 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar