Qibla boshqa tomonda ekan

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir akamiz yangi uyga ko‘chib o‘tgandi. Bir qancha vaqt o‘sha uyda namoz o‘qib yurgan. Keyin bilsa noto‘g‘ri tomonga qarab namoz o‘qigan ekan. Ya’ni qibla boshqa tomonda ekan. Shu inson oldingi o‘qigan  namozlarini qazosini o‘qiydimi yoki o‘qimaydimi? Qiblaga qarab o‘qimagani uchun gunoxkor bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar qibladan o‘ng tomonga ham 45 gradus chap tomonga ham qibladan 45 gradusgacha burilib o‘qilgan bo‘lsa joiz. agar 45 gradusdan ko‘p burilib ketgan bo‘lsa qayta o‘qiydi. Chunki u qiblani topish imkoni bo‘laturib harakat qilmagan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 12:33 | Savol-javoblar | 219 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar