Tikuvchilikdagi qolgan qiyqimlar

Assalomu alaykum! 1).Men tikuvchiman. Mijozlarim olib kelgan matolaridan qolgan bo‘laklarini 10sm ga 10sm dan kattalarini o‘zlariga qaytarib berib yuboraman, chunki undan kichiklari xech nimaga yaramaydi. Olsa olmasa maydalariniyam berishim kerakmi? 2). Mijozim xoxlagan turdagi libosni o‘zim mo‘ljallagan narxga tikaman. Mijozim xam shu narxga rozi bo‘ladi. Boshqa bir mijozimga xuddi shu turdagi libosni mijozim ko‘nmagani uchun arzonroqqa tikaman. Shu ishim to‘g‘rimi? Xar ikkala xolda xam mijozlarim rozi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘zlariga bering. Olmasa o‘zlari biladi. 2). To‘g‘ri. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 22:49 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar