Qazo namoz va ro‘za
Assalomu alaykum! 1 vaqt namozni qoldirgan kishi 80 ming yil do‘zaxda azoblanadi degan hadis bor ekan. Yoshlik qilib bilimimiz kamlik qilib ko‘p namozlarni o‘qimaganmiz. Har kuni qazolarni o‘qib kamaytirishga harakat qilyapmiz. Alloh kuch quvvat bersin hammamizga. Shu qoldirgan namozlarimizni qazosini o‘qib tugatsak bu hadisda aytilgan azobdan qutilib qolgan bo‘lamizmi yoki o‘z vaqtida o‘qimaganimiz uchun qazosini o‘qiganimiz bilan azoblanish bormi?
2-qaysi vaqtdagi namozni jamoat bilan masjidda o‘qiganni savobi ko‘proq.
3-dushanba va payshanba kunlari tutadigan ro‘zalarimizda niyatni qoldirgan qazo ro‘zalarimiz va nafl ro‘zamizni tutishni niyat qildik deb ro‘zani tutsak ikalasiniyam savobini olamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Qazolarni o‘qish bilan birga tavba ham qilinsa, oyat va hadislarda kelgan va’dalarga muvofiq bu azobdan qutilishni umid qilinadi. Hadislarda tavba qiluvchi gunoh qilmagan kishi bilan barobardir – deyilgan. Tavba maqbul bo‘lgan bo‘lsa, azob ham bo‘lmaydi in shaa Alloh. 2). Barchasini. Xususan bamdod va xufton. 3). O‘sha kunlarni ro‘za bilan o‘tkazsangiz in shaa Alloh hadislarda kelgan savoblardan bahramand bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar