"Zakot o‘rnida o‘tadimi?"

Assalomu alaykum Shayh hazratlari! Bir do‘stimiz Sizdan so‘rab berishni iltimos qildilar. Bir do‘stimiz o‘zining bir do‘stiga 2000 (ikki ming) dollar qarz bergan ekan, lekin u qarzdor hozirda shu qarzini qaytarishga qodir emas. Do‘stimiz zakot sifatida o‘sha qarzdor do‘stlariga tag‘in 2000 dollar bersalar, u kishi esa o‘z qarzlarini to‘lagan bo‘lib, do‘stimizga shu 2000 dollarni qaytarib bersa (ya’ni qarzini to‘lasa) do‘stimizni qilgan ishlari zakot o‘rnida o‘tadimi?[flash=200,200][/flash] Javobingiz uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘tadi. Faqat oldindan shunday qilishga kelishib olmaslik kerak.

7 May 2022, 00:16 | Savol-javoblar | 160 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar