Noto‘g‘rimi?
Muhtaram USTOZ! Yoshligimizda ONAM rahmatlik kitob mutoalamizga ko‘p e‘tibor berar edilar. Gapirayotganimizda adabiy so‘zlarni gapirishga odatlantirar edilar. Yillar o‘tdi men shunga odatlanganman. O‘zim ham boshqalarni ko‘ngillarini avaylab gapirishga harakat qilaman, boshqalarni ham shunday muomala qilishini yoqtiraman. Hamsuhbatimga adabiy ya‘ni chiroyli so‘zlarni gapirganimda ba‘zilarni zimdan yoki oshkora "BALANDPARVOZ SO‘ZLAR" degan istehzolarini eshitib qolaman. Mening niyatim ASLO unday bo‘lmaydi. Ko‘pincha ALLOH :jjni inoyati bilan, muomalam sabab, ishlarim bitib ketsa "Biz sizdaqa gapga epchilmasmizda" deb qo‘yishadi. SAVOL: Odatlangan muomalamdagi yuqoridagi holatim NOTO‘G‘RImi? Men chiroyli so‘zlarni hamsuhbatlarimga ishlatmasam qachon ishlataman? Tabiatim shunday muomalani hohlasa aybdormanmi? ’Hiroyli HULQ sohibi deb ergashganim AZIZ USTOZIM!!! Bahtimizga doimo SOG‘-OMON bo‘ling!!! Ehtirom bilan...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri qilasiz. Boshqalarning gapiga e’tibor qilmang. Ular sizga o‘xshagan bo‘lishlari kerak.
7 May 2022, 00:16 | Savol-javoblar | 168 | Ruhiy tarbiya
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri qilasiz. Boshqalarning gapiga e’tibor qilmang. Ular sizga o‘xshagan bo‘lishlari kerak.
7 May 2022, 00:16 | Savol-javoblar | 168 | Ruhiy tarbiya