Aydar soch bilan tug‘ilgan chaqaloq
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar mening bu savolim quyidagicha iloji boricha tushuntirishga harakat qilaman. Qozoq, Qoraqalpoq xalqlarida kamdan kam hollarda chaqaloqlar "Aydar soch" bilan to‘g‘iladi. Bunda chaqaloqning boshining tepa qismida uzun soch bo‘ladi va shu soch bilan tug‘iladi. Men bu narsaning ko‘p guvohi bo‘lganman. Oddiy misol qo‘shnimizning chaqalog‘i ham huddi shunday (Aydar soch) uzun tepa soch bilan tug‘ilgan edi. Yoshi kattalarning aytishlaricha Aydar soch bilan tug‘ilgan chaqaloq agar o‘g‘il bola bo‘lsa shu sochini to sunnat yoshiga etmaguncha olmaslik kerak ekan. Qachon sunnat bo‘lgan payti o‘sha Aydar sochini ham qo‘shib olarkan. Meni qiziqtirgan savol shuki dinimizda bu haqida biror bir malumot bormi? Nimaga aynan Aydar sochli chaqaloqlar Qozoq, Qoraqalpoq, Qirg‘iz xalqlarida ko‘p uchraydi. Men o‘zim O‘zbek xalqida bunday Aydar soch bilan tug‘ilgan chaqaloqni ko‘rmadim. Savolni noto‘g‘ri talqinda bergan bo‘lsam ming bor uzr, barchasini tushintira oldim deb o‘ylayman. Men bu haqida na Internetdan na Izlash xizmatidan, biror bir malumot topolmadim. Iltimos hech bo‘lmasa shu savolimga javob berishlaringizni so‘rardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu g‘irt safsata. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 00:38 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu g‘irt safsata. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 00:38 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar