Masjidda ishlash

Assalomu alaykum! 22 yoshdaman. Masjidga kirib, namozlarni qoldirmay o‘qib, boshqa amallarni bajarib, Allohning uyida, ya’ni masjidda ishlamoqchiman. Lekin men 1 o‘g‘ilman. Otam borlar, ular hozirda haydovchi bo‘lib ishlaydilar. Masjidga ishga kiraman desam menga ko‘pchilik : “Seni otang qariyapti. Orzu havasi bor, yaxshi ishga kir, yaxshi pul top” degan gaplarni aytishyapti. Men nima qilishni bilmasdan qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shu kabi halol kasb topib ishlang, ishdan bo‘sh vaqtda masjidni ham xizmatlarini qilib savob oling. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 23:34 | Savol-javoblar | 155 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar