qanday bo‘ladi

talabalik vaqtlarimda talabalarni pullari evaziga o‘z va domlalarni ehtiyojlariga sarflaganman.u vaqtlarda islomdan hozirgidagidek habardormasdim.endi shu narsalardan afsusdaman.shu pullarni hozirda egalariga qaytarish mushkul(kimdanligi,qanchaligi,qachonligini hisobga olganda).shu pullarni haqi qanday ado etish mumkin?bir birodar oshnamizga o‘qishdagi kontraktini to‘lashga qarz berib qo‘yganman.u oilasida bir onasini hisobga olmaganda hech kimi yo‘q deyarli.men o‘sha birodarimdan shu qarzimni kechib yubormoqchiman.shu oldingi haqlar evaziga o‘tadimi?Bo‘lmasa yo‘l ko‘rsating.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha birodarga nima uchun qarzni kechayotganingizni aytishning o‘zi kifoya qiladi. Shunda siz birovning haqidan qutilasiz, savob esa, haq egalariga tegadi.

7 May 2022, 01:32 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar