Shortikda namoz

Assalomu alaykum! Bilamizki erkaklarda avrat tizzadan kindik ustigacha bo‘ladi.
1. Shu avrati yopilgan holda shortik maykada namoz o‘qisa bo‘ladimi?
2. Futbolkani old qismida guruchdek mayda-mayda teshikchalari bor. Shu futbolkada namoz o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namoz musulmonning Robbisi huzurida turishi hisoblanadi. Avrat berk holatda o‘qilgan namoz joiz, lekin siz aytgan suratda huzuriga hozir bo‘lingan Zotning bir jihatdan pisand qilmaslik bor. Chunki hech bir inson o‘sha holatda shahar hokimining huzuriga borishni ham o‘ziga ravo ko‘rmaydi. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 12:26 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar