Futbol jamoalariga muxlislik qilish

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda juda ko‘p bor guvohi bo‘lyapmiz futbol o‘yini muxlislik qilishda ayrim birodarlarimiz g‘arb jamoalarining o‘yinlari uchun bir-birlarini haqorat qilishib, masxara qilish xollari, g‘alaba qilganida davra qilishib har xil aqlga sig‘maydigan ishlar bo‘lyapti. Futbolchilarning rasmlarini kolletsiya qilib xonalariga osish xollari bor. Ustozlar bu chegaradan oshib ketish emasmi. Umuman futbolga muxlislik qilish qanchalik to‘g‘ri? 2). Ayrim jamoalarning ramzlarida iblisning surati, xojning surati bor. Bunday kiyimni kiyish mumkin emas to‘g‘rimi? Ayrim odamlarga buni aytganimda Xudo yurakda bo‘lsa bo‘ldi degan edi. Javobingiz uchun tashakkur. Ollohim sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Ularni kiyish mumkin emas.
2). “Xudo yurakda bo‘lsa bo‘ldi” deyish shariatimizda kufr hisoblanadi. Biz undaylarni kofirsan demaymiz, oqibatlaridan qo‘rqsinlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:17 | Savol-javoblar | 141 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar