Namoz va gunohlar
Assalomu alaykum! Do‘stimni namoz o‘qishga xohishi bor lekin o‘qimaydi. Men o‘qigin, kel birga o‘qiymiz desam "men gunoh(masalan: chekish, ichish va qizlar bilan gaplashish)lar qilib qo‘yaman unda gunohi yanada katta bo‘ladi, shuning uchun o‘qimaslikni yoki vaqti kelganda, Xudo nasib qilganda o‘qishni afzal bilyapti. Men tushuntirolmayapman, iltimos yordam bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘qishni tezda boshlashi kerak. Nasoz uni o‘sha yomon ishlardan o‘zi to‘sib qo‘yadi. Qiyomat kuni nega o‘qimagansan degan azobdan qutilib qoladi. Garchi savobidan mahrum bo‘lsa ham. Chunki namoz o‘qishda ikki foyda bor. Biri zimmasidagi vazifani bajarish, ikkinchisi savob ham olish. Savobga ega bo‘lmagan taqdirda ham namozi zimmasidan ado bo‘lib, namozni qoldirganlar safiga kirmaydi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 02:15 | Savol-javoblar | 161 | Ibodatlar