Murtad

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin Savolim xato bo‘lsa oldindan uzr sorayman. Meni bir yaqin qarindoshim dinda chiqqanini eshitdik buni ko‘pchilik o‘rtolari uni tanigan barcha tanishlari tasdiqlashdi xatto farzandini xam cherkovlarga olib borarmush(farzandi aytishi bo‘yicha) uni qaytarishga urindik u bizga Alhamdulillah musilmonmiz deydi, janozada yiğilib qolsak salovat, Ixlos surasi va Oyatal Kursilarni xam o‘qiydi. Xullas ular bizadan berkitishadi, lekin shu qarindoshimiz og‘ir kasalga chalinib qoldi. O‘lim haq, bir kun kelib bandalikni bajo keltirishsa bilamizki murtadlarga janoza o‘qilmaydi, lekin shu payt domlalarga qay tariqada aytish joiz? Ularga isbot qilib nimani ko‘rsatish kerak? Agar ularga ular dindan chiqqan demasak bizga gunox yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qanday bo‘lsa ham domlaga aytish kerak. Guvohlarni topib isbot qilib beringlar. Agar bunday qilmasangiz bilib turib qilgan bo‘lib qattiq gunohkor bo‘lasizlar. Mabodo o‘lib qolsa o‘sha cherkovga borib odaminglar o‘lib qoldi deb aytinglar. Ularni o‘zlari ko‘mishsin. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 03:42 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar