Dadasi o‘g‘limga iqtido qilsa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Xo‘jaynim ichardilar nomoz o‘qimasdi. 15 yashar o‘qlim Alxamdullilax nomoz o‘qiydi ..xo‘jaynim 5-6 kun bo‘ldi nomoz o‘qiyman deb o‘g‘lim bilan o‘qiyapti, lekni o‘zi ko‘p suralarini bilmiydi o‘g‘limga ergashadi. Savolim shuki o‘g‘limni xo‘jaynim bilan bu o‘qigan nomozlari durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘g‘lingiz shar’iy balog‘atga etgan va namozni barcha ruknlarini bilsa, imom bo‘lishi to‘g‘ri bo‘ladi. Hozircha shunday o‘qib turishsa bo‘ladi. Lekin xo‘jayningiz imkon boricha tez namozlariga kifoya qiladigan "Fotiha", ikki-uchta sura va duolarni yod olishlari zarur. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 18:23 | Savol-javoblar | 138 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar