Allohga qo‘shib duo qilish

Assalomu alaykum! "Tanbexul G‘ofiliyn" kitobida o‘qidim. Unda Jaxannam "Uchta narsaga vakil qilindim: Allohga boshqasini qo‘shib duo qilganga, har bir zolim mutakabbirga va har bir xisob kuniga ishonmaydiganga" der ekan. Shundagi Allohga boshqasini qo‘shib duo qilgan kimlar bo‘ladi va ma’nosi qanaqa? Allohdan kimgadur duo qilishimiz nazarda tutilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Barcha narsa ikki turga bo‘linadi. Birinchisi sabablarga bog‘langan, buni “Maa tahtassabab” ya’ni bu kabi narsalar odatda bir biriga sabab bo‘lgan. Masalan ekin o‘sib chiqishi uchun urug‘ sabab bo‘ladi. Farzand ko‘rish uchun er xotin bo‘lishi, bemorlikdan tuzalish uchun dorilar iste’mol qilish. Shu sabablarga tegishli o‘rinlarda sabablardan yordam olish ham so‘rash ham mumkin. Ikkinchisi sabablarga bog‘liq bo‘lmagan narsalar. Uni “Maa favqossabab” deyiladi. Bu narsalarda sabablarga osilish to‘g‘ri emas. Uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Allohdan so‘rash kerak. Bu o‘rinlarda Allohdan boshqasidan madad so‘rash shirk va kufr hisoblanadi. Masalan dehqon urug‘ni ekib qo‘yib mo‘l hosil berishni Allohdan boshqa masalan Hizr alayhissalomdan so‘rash yoki boshqa biror bir avliyo yoki ruhlardan so‘rash shirkdir. Chunki bu erda sababiyat olami tugagan bo‘ladi. Xuddi shuningdek er xotin farzandga sabab bo‘ladigan ishlarni qilganidan keyin farzand ato qilishni Allohdan o‘zgadan yoki Alloh bilan birga boshqalardan ham qo‘shib so‘rash shirk hisoblanadi. Xalqimiz ichida keng yoyilgan shirklardan biri Hizr barakasini bersin degan gapdir. Baraka berish Hizr alayhissalomning qo‘lidan kelmaydi. Barakani Alloh beradi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 03:53 | Savol-javoblar | 157 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar