Sunnatmi yoki irimmi

Assalomu alaykum! Irim sirimlarga uncha ishonmayman, lekin shu savolni javobi kerak bo‘lib qoldi. Masalan qurilayotgan uyning shiftiga(patalogiga) to‘sin (terak, taxta)ni toq yoki juft qo‘yish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sunnatni o‘ta darajada mahkam ushlagan, dunyoga imom Rabboniy nomi bilan mashhur bo‘lgan Ahmad Sarhindiy rahmatullohi alayh bog‘da o‘tirganlarida bir shogirdlariga qarab “Bog‘imizdagi qoranful gullaridan terib keling” dedilar. Shunda shogird borib 6 dona gul terib keldi. Imomning yuzlari o‘zgarib mahzun holga keldi. Shogird bundan hayron qolib, nega mahzun bo‘lganlarini so‘radi. Shunda imom Rabboniy: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh toqdir, toqni xush ko‘radi” deganlar. Sizningcha bu hadisga qachon amal qilinadi? 6ta o‘rniga 7ta keltirganingizda ushbu hadisga amal qilganning savobini olgan bo‘lar edingiz. Alloh xush ko‘radigan amalni qilgan bo‘lardingiz – dedilar.
Musulmon kishining najoti sunnatga amal qilishga bog‘liqdir. Sahoba roziyallohu anhumlar va ulardan keyingi dunyoga mashhur valiyullohlarning Alloh nazdida maqbul bo‘lishlarida asosiy narsa sunnatga amal qilishlari bo‘lgan. Shuning uchun ular dunyoda ham aziz bo‘lganlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xabar berishlariga ko‘ra oxiratda ham aziz bo‘ladilar.عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَا أَهْلَ الْقُرْآنِ أَوْتِرُوا فَإِنَّ اللهَ وِتْرٌ يُحِبُّ الْوِتْر. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ey ahli Qur’on, vitr namozi o‘qing. Alloh toqdir, toqni yaxshi ko‘rur», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ ِللهِ تِسْعَةً وَتِسْعِيْنَ اسْمًا مَنْ حَفِظَهَا دَخَلَ الْجَنَّةَ، وَإِنَّ اللهَ وِتْرٌ يُحِبُّ الْوِتْرَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ  Abu Hurayra roziyalohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Allohning to‘qson to‘qqizta ismi bor. Kim ularni yod olsa, jannatga kiradi. Albatta, Alloh toqdir va toqni yaxshi ko‘radi», dedilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 04:15 | Savol-javoblar | 186 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar