Er ayoliga "Sen menga xaromsan" deyishi

Assalomu alaykum! Turmush qurganimga 7 yil bo‘ldi. Allohga shukur xo‘jayinim bilan baxtlimiz 3ta farzandimiz bor. Savolim shuki men yangi kelinlik paytimda xo‘jayinim "Namoz o‘qimagan kuning menga xaromsan" degan edilar. O‘sha paytlar yoshlik qilib bu gaplarga etibor qilmagan edim. Namoz o‘qimagan kunlarim xam bo‘lgan. O‘shanda men ularga xarom bo‘lib qolmaganmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringizdan so‘rang, o‘sha haromsan degan so‘zdan nimani iroda qilgan ekan. Agar taloqni niyat qilgan bo‘lsa sizga taloq tushib nikohingizni yangitdan o‘qitib olishingiz kerak. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 04:15 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar