Ayollar safari
Assalomu alaykum! Men 19 yoshdaman. Onam bilan Qozoqistonning Taraz shaxriga 310 km lik masofaga maxramsiz borishimiz mumkunmi? Adamlar bizni chegaradan o‘tqazib qo‘ya olmaydilar, uydan o‘zimiz etib olishimiz kerak. Marshrutkada 6-8 soatlik yo‘l. Adamlar marshrutkaga chiqarib yuborganlarida ham yo‘l davomida 2-3 marotaba boshqa transportlarga chiqamiz, shundagina manzilga etamiz. Bormaganimizga 2 yil bo‘ldi. Buvimlarni ko‘rgani bormoqchimiz. U erdan tog‘alarim ham ishda bo‘lganliklari sabab kutib ololmaydilar. Xullas, maxram bilan safar qilishni ilojini topa olmayapmiz. Bunday holatda qanday safar qilishimiz mumkin? Ikkita singlimni ham birga olib borsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam joiz emas deganlar. Ba’zi mazhablarda ishonchli ayollar jamoasi bilan safar qilsa bo‘ladi deyilgan. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar