Gunoh eslatilsa tan olmaslik

Assalomu alaykum! Bir gunoh ishni qilib, chin dildan tavba qilsa va bu ishni boshqa qaytarmasa, o‘sha gunohni qilmaganman deyish kerak – deb eshitdim. Bu gap qanchalik rost?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qilmaganman deyish afzal. Chunki tavba qilgan bo‘lsa, Alloh taolo uni kechirib yuborgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu birovning haqqini eb qo‘yishga tegishli emas. Haqqini egan bo‘lsa, tonmasdan o‘z egasiga qaytarsin. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/103634

26 May 2022, 08:45 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar