Namozni ko‘chada o‘qish
Assalomu alaykum! Ishlayman, ba’zi xollarda namoz o‘qishga sharoit bo‘lmaydi. Gox ish stolimda mijoz kirgunicha gox mashinada o‘rindiqni suyagichini sajda qilib namoz o‘qishimga to‘g‘ri keladi, ya’ni uzim bilganimcha o‘tirib o‘qiyman bu to‘g‘rimi o‘tirib o‘qish qoidalarini bilmayman shu uchun xuddi turib o‘qiyotgandek o‘qiyman. 2). Ishxonada maxsi kiyish imkoni yo maxsus kiyimlarda yuramiz. Taxorat olayotganimda xar safarga oyoq kiyimni paypoqni echib kiyishga va doim taxorat qilgan joyimni artishga ulgura olmayabman boshliqlar norozi. Shu sabab oyoq kiyimni echib paypoq ustidan maxs tortib namoz o‘qiyveryabman. Bu gunox yoki taxorat qilmay namoz o‘qishlikka kirmaydimi? Javoblar uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Siz yangi bo‘lsangiz kerak, Alloh muborak qilsin. Namozni tik turib o‘qish kerak. Hech bo‘lmasa farzlarini o‘zini bo‘lsa ham. Buni hech qanday qiyin joyi yo‘q. Bir chekada hatto domlarning orqasida ham 4 daqiqada ado qilish mumkin.
2). Har namozga tahorat olish shart emas. Qachon tahorat sinsagina yangi tahorat olish kerak bo‘ladi. Paypoqqa ham oyoqqa ham mash tortib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 16:55 | Savol-javoblar | 187 | Namoz